1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 ... 53

Qon    hujayralarining  biokimyoviy  xususiyatlari.  Eritrotsitlar - Toshkent farmatsevtika instituti

bet47/53
Sana28.04.2017
Hajmi4.3 Mb.

 

Qon    hujayralarining  biokimyoviy  xususiyatlari.  Eritrotsitlar

  qon 

hujayralarining  asosiy  qismini  tashkil  etadi,  ularning  yashash  muddati  o`rtacha  4 

oy.  Eritrotsitlarda  yadro,  ribosoma,  mitoxondriya  singari  hujayra  organoidlari 

bo`lmaganligi  uchun  ularda  oqsillar  sintezlanmaydi,  aerob  oksidlanish  jarayonlari 

yo`q.  Ular  asosan  glikoliz  jarayonida  ishlanadigan  anaerob  tipdagi  energiyadan 

foydalanadi. Qonning barcha eritrotsitlari 1 soat davomida 0,7 g atrofida glyukoza 

iste’mol  qiladi.  Eritrotsitlarni    faoliyat  ko`rsatishida  qon  plazmasi  bilan 

eritrotsitlardagi  moddalar  kontsentratsiyasi  farqini  saqlanishi,  faol  transporti 

amalga  oshirilishida  membranalarda  ATF  energiyasi  bo`lishi  shart.  Eritrotsitlar 

kislorod tashuvchi vazifasini bajarishida zaharli ta’sirlardan va boshqa oksidlovchi 

moddalar  ta’siridan  saqlanishi  uchun  ATF  energiyasidan  tashqari  NADH

2

  va 

NADFH

2

  kofermentlari  kerak.  Eritrotsitlarning  bu  omillarga  bo`lgan  ehtiyoji 

eritrotsitlarda  kechadigan  anaerob  glikoliz  va  glyukozaning  pentozofosfat  yo`li 

bilan parchalanish jarayonlari hisobiga ta’minlanadi. 

 

Gemoglobin tarkibidagi temir Fe

+2

 ko`rinishida bo`ladi. Kislorod va boshqa 

oksidlovchi  moddalar  ta’sirida  gemoglobin  tarkibidagi  temir  oksidlanib,  Fe

+3

 

holatiga  o`tishi  mumkin.  Bunday  gemoglobinga  metgemoglobin  deyiladi. 

Metgemoglobin  kislorod  bilan  birikmaydi.  Qon  tarkibida  metgemoglobinni  

ortiqcha  to`planishi  kislorodni  to`qimalarga  tashilishini  izdan  chiqaradi,  bu  esa 

o`limga  olib  keladi.  Organizmda  har  kuni  gemoglobinning  0,5%  i 

metgemoglobinga  aylanadi,  buning  samarasida  kislorodni  faol  shakllaridan  biri  –

superoksid    ioni  hosil  bo`ladi.  Metgemoglobinreduktaza  metgemoglobinni 

qaytadan normal gemoglobinga aylantiradi. 

 

524 


 

Tibbiyot  amaliyotida  metgemoglobinreduktazani    faolligini  irsiy  pasayoshi 

natijasida  vujudga  keladigan  oilaviy  metgemoglobinemiya  kasalligi  uchraydi. 

Ushbu 


holat 

pentozofosfat 

yo`lining 

birinchi 

fermenti 

glyukozo-6-

fosfatdegidrogenaza  faolligini  irsiy  past  bo`lishi  tufaylidir.  Mazkur  sifatdagi 

odamlarni oksidlovchi moddalar ta’siriga sezgirligi ko`proq. 

 

Neytrofillar   

himoya  vazifasini  bajaradi.  Ular  antimikrob  xususiyatiga, 

shuningdek,  halok  bo`lgan  mikroorganizmlarni,  zararlangan  to`qima  bo`laklarini 

yutish va parchalash xossalariga ega. 

 

Neytrofillar    hujayralarda  oqsil  biosintezi  amalga  oshishida  muhitning 

o`zgaruvchan  sharoitiga  moslasha  oladilar.  Hujayra  funktsiyalarini  energetik 

ta’minoti - glikoliz   miqdori  oksidlanishli  fosforlanish  yo`li bilan  amalga oshadi. 

Hujayralar  tomonidan  yutilgan  glyukoza  pentozofosfatli  siklgda  parchalanadi  va 

glikogen sintezida ishtirok etadi. Neytrofillarni antimikrob xususiyati ular tarkibida 

H

2 0

2

  hosil  qiluvchi  (miyelinperoksidaza)  va  superoksidli  radikal  (NADFH  – 

oksidaza) hisobiga amalga oshadi. H

2

0

2

 va superoksidli radikal  kuchli oksidlovchi 

sifatida  fagotsitoz  jarayonida  mikroblarni  o`ldiradi.  Neytrofillarning  boshqa  yana 

bir  xususiyati  yutilgan  moddani  parchalab  yuboradigan,  ulardagi  ko`p  sonli 

gidrolitik fermentlar lizosomalar – mavjudligi. Bundan tashqari neytrofillar mikrob 

hujayralarini eritadigan lizotsim moddasiga ham ega. 

 

Bazofillar

  faol  ravishda  allergiya  vaqtida  suyak  iligi    -  ko`mikda    hosil 

bo`ladi. Ular allergik reaktsiyalarda, qonning ivish jarayonida va tomirlarning ichki 

lipozida  ishtirok  etadi.  Bazofillar  oqsil  sintezi  apparatiga  ega,  jadal  oksidlanishli 

fosforlanishni  amalga  oshiradi.  Energiya  hosil  bo`lishi    oksidlanishli  fosforlanish 

yo`li  orqali  amalga  oshadi.  Bazofillar  allergik  reaktsiya  mediatorlari  –  gistamin, 

serotonin, geparinni sintezlaydi va to`playdi. Allergiya rivojlanishida bu moddalar 

bazofil granulalaridan ajralib, mahalliy shamollash reaktsiyasini chaqiradi. Geparin 

lipoproteidlipaza  faollanishida  va  triatsilglitserinlar  parchalanishida  ishtirok  etadi. 

Bundan tashqari ular qonning ivishining oldini oladi. 

 

Eozinofillar  

  allergik  reaktsiyalar  ishtirokchisi  bo`lganligi  sababli  organizm 

sensibilizatsiyasida  ular  miqdori  oshadi.  Eozinofillar  oz  bo`lsada  oqsil  sintezlay 

 

525 


oladi.  Energiya  hosil  bo`lishi  asosan  faol  glikolizga  bog`liq;  oksidlanishli 

fosforlanish nisbatan kam. Neytrofillar singari eozinofil hujayralarida peroksidaza 

va  lizosomal  fermentlarining  katta  to`plami  mavjud,  lekin  lizotsim  uchramaydi. 

Eozinofillar  gistaminni  to`plash  va  faolsizlantirish  xususiyatiga  ega,  ularda 

trombning 

―erishida‖ 

ishtirok 

etuvchi 


profibrinolizin, 

bradikininni 

faolsizlantiruvchi – kininaza fermentlari mavjud. 

 

Monotsitlar  

fagotsitoz  qobiliyatli,  neytrofillarga  o`xshash  antimikrob 

faollikka ega. 

 

Limfotsitlar  

gumoral  va  hujayra  ichki  immunitetini  shakllanishida  muhim 

vazifani  bajaradi.  Limfotsitlarning  ixtisoslashgan  funktsiyasi  immunoglobulinlar 

konveyer  holida  ishlab  chiqarishni  talab  etadi.  Ular  faolligi  jihatidan  nafaqat 

hamma  qon  hujayralari,  boshqa  organ  va  to`qimalardagidan  ham  yuqori  bo`lgan 

kuchli  oqsil  sintezlovchi  apparatga  ega.  Limfotsitlarda  aerob  energiya  ishlab 

chiqarish mexanizm glikolizga nisbatan faolroq. 

 

Trombotsitlar  

qon  ivishining  hamma  bosqichlarida  ishtirok  etadi.  Ularda 

RNK va oqsil sintezi uchun zarur barcha komponentlar bor. Energiya hosil bo`lishi 

ko`proq glikoliz  jarayoniga  bog`liq. Trombotsitlarda   turli xil  modda  almashinuvi 

reaktsiyalarini kuzatsa  bo`ladi. Tarkibida katta miqdorda serotonin to`planadi. 

 

Qonning  biokimyoviy  vazifalari  va  tavsifi.  

Qon  quyidagi  vazifalarni 

bajaradi:  1)  transport;  2)  osmoregulyatsiya;  3)  bufer;  4)  zararsizlantiruvchi;  5) 

himoya yoki immunologik; 6) boshqaruv yoki gormonoidlik; 7) gemostatik. 

 

Qonning  transport  funktsiyasi

    uning  asosiy  vazifalaridan  biri.  Qon  bilan 

turli xil moddalar: oziqa moddalari, gazlar (O

2

 va CO

2

), gormonlar, vitaminlar va 

boshqalar  tashiladi.  Qonning  eng  mihim  funktsiyasi  kislorod  va  karbonat 

angidridini tashish. 

 

Kislorodni  o`pkadan  to`qimalarga,  karbonat  angidridni  to`qimalardan 

o`pkaga qon oqimi orqali tashilishini ta’minlovhci kuchlari qon bilan alveolalar va 

to`qima  suyuqligi  o`rtasidagi  ular  kontsentratsiyalari  gradiyentining  farqidir. 

Alveolalar havosida O

2

 partsial bosimi simob ustunida 100 mm ga teng bo`lganda, 

bu ko`rsatkich hujayralararo suyuqlikda 35 mm ga teng. 

 

526 


Organizmda kislorod va karbonat angidrid kontsentrastiya gradiyenti 

 farqi  

 

 

Havo, organizm suyuqligi  Partsial bosim, sim.us.mm 

Gemoglobinni O

2

 bilan 

to`yinish darajasi 

O

CO

2

 

Atmosfera havosi 

157 


0,3 

Alveolalar havosi 

100 

40 


Arterial qon 

93 

40 


97 

Hujayralararo suyuqlik 

35 

50 


Venoz qon 

40 

46 


64 

 

 

Organizmda  CO

2

  ni  bir  qismi  qonda  erigan  holda,  bir  qismi  gemoglobinga 

birikib  karbgemoglobin  holida,  asosiy  qismi  esa  KHCO

3

  holatida  o`pkaga  tashib 

keltiriladi.  Kislorodni  qondan  to`qima  suyuqligiga  o`tkazilishida  ularning 

kontsentratsiya gradiyentidan tashqari, hujayralardan qo`shimcha miqdorda qonga 

o`tgan  CO

ham  rol  o`ynaydi.  Karbonat  angidridi    gemoglobinning  kislorodga 

yaqinligini  kamaytiradi.  Bu  hodisada  eritrotsitda  CO

2

  ni  karboangidraza  fermenti 

ta’sirida H

2

O bilan H

2

CO

3

 ga aylanishiga bog`liq. H

2

CO

3

 kuchsiz, turg`un kislota 

bo`lmaganligi  uchun  H

+     


+  HCO

3

-

  ionlariga  parchalanadi.  Hosil  bo`lgan  H

+

 

protonlar  gemoglobinni  oqsil  qismidagi  ba’zi  kislotali  guruhlariga  birikadi, 

oksigemoglobinda 

kislorodga 

yaqinligini 

pasaytiradi, 

natijada 

kislorod 

oksigemoglobinni  ajralib,  to`qimalarga  o`tadi.  Ana  shu  65  mm  ni  tashkil  etuvchi 

farq kislorodni alveolalardan qonga va qondan to`qimalarga o`tishini ta’minlovchi 

omil hisoblanadi. Mitoxondriyalarda kislorod sarflanib, suvga aylanishi, hujayrada 

kislorod vakuumini hosil qiladi va havodan olingan eritrotsitlardagi kislorod go`yo 

shu ―vakuum‖ni to`ldirib  turadi. 

 

Alveolalarda  97%  kislorod  bilan  to`yingan  gemoglobin  to`qimalarda 

dissotsiatsiyalanib,  kislorodni  to`qima  suyuqliklari  orqali  hujayralarga  beradi. 

Hujayralardan  ajralib  chiqayotgan  CO

2

  oksigemoglobin  dissotsiatsiyasiga 

yordamchi  omil  bo`ladi.  To`qimalarda  CO

2

  hujayralararo  suyuqlikdan  tezda 



 

527 


diffuziyalanib qonga o`tadi. Eritrotsitlarda CO

2

 karboangidraza ta’sirida H

2

CO

3

 ga 

aylanib,  H

+

  va  HCO

3

-

  ioniga  dissotsiatsiyalanadi.  Hosil  bo`lgan  H

+

  protoni  

gemoglobin  bilan  birikib,  O

2

  ajralib  chiqishini  osonlashtiradi.  O`pkada 

to`qimalarda kuzatilgan jarayon teskari kechadi: o`pkada hosil bo`lgan HCO

3

-

  o`z 

navbatida H

2

O va CO


2

 ga parchalanadi,  CO

2

 o`pka alveolalariga o`tadi; HHb esa 

HbO

2

 ga aylanadi. Shunday qilib to`qimalarda CO

2

 oksigemoglobindan O

2

 ni siqib 

chiqaradi,  o`pkada  aksincha  O

2

  CO

2

  ni  qondan  alveolalarga  siqib  chiqaradi,  bu 

hodisa 

Bor effekti

 nomi bilan ataladi. Bor effekti to`qimalardan o`pkaga 80% CO

2

 

ni  tashib  berilishini  ta’minlaydi,  CO

2

  ning  qolgan  qismi  plazmada  erigan  holda 

hamda karbogemoglobin shaklida tashiladi: 

 

Hb-NH

2

 + CO


2

 → Hb-NH – COOH → Hb-NH-COO

-

 + H


+

 

 

Ushbu    reaktsiya  eritrotsitlarda,  to`qimalarda  chapdan  o`ngga,  o`pkada  esa 

teskari yo`nalishda boradi. 

 

Xulosa  qilib  aytganda, to`qimalarda CO

oksigemoglobindan O

2

  ni, o`pkada 

esa  O

2

  qondan  CO

2

  ni  alveolalar  havosiga  siqib  chiqaradi.  Buni  

Bor  effekti

 

deyiladi. 

 

Qonning  osmotik  funktsiyasi.  

Qonni  tomirlar  ichida  ocmotik  bosimni 

ushlab  tutuvchi  funktsiyani  plazma  oqsillari,  asosan  albuminlar  va  Na

+

  kationlari 

bajaradi.  Eritrotsitlarda  esa  bu  vazifani  gemoglobin  va  K

  ionlari  bajaradi.  Qon 

plazmasi  tarkibida

  

    oqsillar  miqdorini  kamayishi  –  gipoproteinemiya; 

kapillyarlarda  onkotik  bosimni  pasayishini  va  shish  paydo  bo`lishini  keltirib 

chiqaradi.  Mazkur    holat  och  qolganda,  jigarda  albumin  sintezi  buzilganda  va 

boshqalarda  kuzatiladi.  Plazmada  oqsil  miqdori  va  natriyni  ko`payishi  tomirlarda 

suvning ushlab qolinishiga sabab bo`ladi. 

 

Qonning  bufer  funktsiyasi.  

Organizm  ichki  muhiti  pH  ko`rsatkichining 

doimiyligi  maxsus  bufer  sistemalar  va  bir  qancha  fiziologik  mexanizmlarini 

(o`pka, buyrak faoliyati va boshqalar) birgalikdagi faoliyati orqali ta’minlanadi. 

 

Bufer  sistema  deb  biror  muhitga  kislota  yoki  ishqor  kiritilganda  muhit  pH 

ko`rsatkichining  o`zgarishiga  qarshilik  ko`rsatuvchi  sistemaga  aytiladi.  Qonning 

normal pH ko`rsatkichi o`rtacha 7,4 ga teng. 



 

528 


 

Qonning  eng  muhim  bufer  sistemalari:  bikarbonat,  fosfat,  oqsil  va  ayniqsa 

gemoglobin bufer sistemalardir. 

  Bikarbonat  bufer sistemasi  –  qon  bufer hajmining  10%  ini tashkil  etadi. Bu 

sistemaning kislota-asosli jufti proton donori bo`lmish karbonat kislota (H

2

CO

3

) va 


proton aktseptori bo`lmish bikarbonat ioni (HCO

3

-

) dan iborat: 

 

 

 

H

2

CO

   →  H

+

  +  HCO


3

-

  

 Proton donori             proton aktseptori 

 

 

Qonni  pH  ko`rsatkichi  normal  (7,4)  bo`lganda  bikarbonat  ionlari  (HCO

3

-

kontsentratsiyasi  CO

2

  kontsentratsiyasidan  20  marta  ko`p  boladi.  Agar  qonga 

kislota xususiyatli birikmalar ortiqcha ajralsa, H

+

 ionlari bikarbonat ionlari (HCO

3

-

) bilan birikib H

2

CO

3

 hosil qiladi. Uning plazmada kamayishi CO

2

 ni o`pka orqali 

ajralishi  natijasida  kuzatiladi.  Agar  qonda  ishqoriy  moddalar  ko`paysa,  ular 

karbonat  kislota  bilan  reaktsiyaga  kirishib,  bikarbonat  ioni  (HCO

3

- )  va  suv  hosil 

qiladi.  Bundan  tashqari,  bufer  sistemasi  komponentlari  normal  muvozanatini 

saqlashda fiziologik mexanizmlar ham muhim rol o`ynaydi. 

  Fosfat bufer sistemasi – H

2

PO

4

2- 


ioni (proton aktseptori) dan tarkib topgan: 

 

 

 

H

2

PO

4

    →     H

+

  +    H

2

PO

4

2-

 

               Proton donori             proton aktseptori   

 

 

Sistemada NaH

2

PO

4

 kislota,  NaHPO

 esa tuz vazifasini o`taydi. 

 

Fosfat bufer sistemasi qon bufer hajmining 1% inigina tashkil etadi. 

  Oqsil  bufer  sistemasining  –  plazma  kislota-ishqoriy  muhit  muvozanatini 

saqlashdagi  ahamiyati  boshqa  sistemalardan  ko`ra  kamroq.  Molekulasi 

(H

2 N)

m

∙R∙(COOH)

n

  shaklida  tuzilgan,  oqsil  ham  amfoter  elektrolitdir.  Oqsil  

molekulasidagi  karboksil  guruhi  disotsiatsiyasi  natijasida  H

+

  ioni  ajralib,  oqsil 

molekulasi kuchsiz organik kislota xususiyatini ega  bo`ladi: 

 

NH

2

 – R – COOH  →     – R – COO

  + H


+

 


 

529 


 

 

NH

2

  oqsil  molekulasida  NH

2

  ishqoriy  xossasini  ta’minlaydi,  chunki  NH

2

 

o`ziga H

+

 ionini biriktirib, R-NH

3

 ga aylanadi. 

 

Oqsil  molekulasining  bu  shakli  

amfion

  deyiladi.  Garchi  ular  elektroneytral 

zarrachalar  bo`lsada,  muhitning  pH  ko`rsatkichi  o`zgarishiga  ko`ra  yoki  ishqoriy 

yoki kislotalik xossaga ega. 

  Gemoglobin  bufer  sistemasi  –  qonning  eng  kuchli  bufer  sistemasi  bo`lib, 

qonning  umumiy  bufer  hajmining  7-%  ini  tashkil  etadi.  Gemoglobin  bufer 

sistemasi ionlashmagan gemoglobin HHb (proton donori) va gemoglobin kaliy tuzi 

–  KHb  (proton  aktseptori)  dan  tarkib  topgan.  Kislotali  xossaga  ega  bo`lgan 

birikmalar  gemoglobinning kaliyli  tuzi bilan birikib, kislotaning kaliy  tuzini hosil 

qiladi  va  erkin  gemoglobin  ajralib  chiqadi.  Gemoglobinning  buferlik  xususiyati 

avvalo ana shunga asoslangan. 

 

KHb  +  H

2

CO

3

   →   KHCO

3

  + HHb 

 

Barcha  bufer  sistemalar  kislota-ishqoriy  muvozanati  buzilishining  oldini 

oladi. Masalan, qandli diabetda kislotali moddalarni to`planishi keton tanachalarini 

ortishi hisobiga kuzatilib, 

atsidoz

 deb ataladi. 

 

Qonning  zararsizlantiruvchi  funktsiyasi.  

Qon  o`z  tarkibiga  tushadigan 

zaharli moddalarni zararsizlantirilishi va zaharli ta’sirini oldini olishda qatnashadi. 

Zaharli  moddalarni  zararsizlantirish  asosan,  ularning  plazma  albuminlari  bilan 

bog`lanishi  hisobiga  amalga  oshadi.  Bunday  tashqari  qonda  plazma  va  qon 

hujayralaridagi  fermentlar  yordamida  faol  zararsizlantirish  ham  bor.  Masalan, 

alkogoldegidrogenaza  yordamida  alkogol,  aminooksidazalar  bilan  aminlar 

zararsizlantiriladi. 

 

Qonning immunologik yoki himoya funktsiyasi 

 fagotsitoz, antitela hamda 

immunitetni  boshqa  tabiiy    omillari  (lizotsim)  hosil  bo`lishida  qon  hujayralari 

tomonidan  ta’min  etiladi.  Qon  plazmasidagi  antitela,  lizotsim,  va  fagotsitlovchi 

hujayralar hisobiga organizm infektsiyalardan himoya qilinadi. 

 

Qonning  regulyatorlik  yoki  gormonoidlik  funktsiyasi.  

Qon  hujayralari, 

plazma  moddalar  almashinuvi  organ,  to`qimalar  funktsiyasiga  turli  xil  tashqi 

 

530 


regulyatorlarni  yetkazib  berishda  manbaa  hisoblanadi.  Bazofillarda  geparin  va 

gistamin, eozinofillarda  – gistamin va serotonin, trombotsitlarda  – serotonin hosil 

bo`ladi.  Gistamin  va  serotonin  kapillyarlarning  o`tkazuvchanligini,  tomirlarning 

silliq  muskullarini  qisqaruvchanligini,  allergik  reaktsiyalar  rivojlanishini 

o`zgartiradi.  Geparin  lipoproteidlipazaning  aktivatori  va  antikoagulyant  sifatida 

lipid almashinuvida va qon ivishida ishtirok etadi. 

 

Qon plazmasi oqsillari -  

kininlar

  deb ataluvchi biologik faol polipeptidlar - 

bradikinin,  kallidin  va  metionil-lizil-bradikinin  sintezida  substrat  vazifasini 

bajaradi.  Kininlar  qon  bosimi,  qon  oqimi  va  kapillyarlarning  o`tkazuvchanligini 

boshqarishda qatnashadi. 

 

Qonning  gemostatik  funktsiyasi.  

Gemostaz  qonning  muhim  vazifasi 

hisoblanib,  qon  oqishini  to`xtatuvchi  omil.  Jarayonning  qon  ivishi  sistemasida  - 

trombotsitlar  va  qon  tomiri  devori  ishtirok  etadi.  Qon  ivishi  ko`p  bosqichli  o`z-

o`zidan  tezlashuvchi  sistema  bo`lib,  unda  plazma  trombotsitlari  ishtirok  etadi. 

Hozirga  qadar  qon  15  ta  plazma  va  11  ta  trombotsit  omillari  aniqlangan. 

Organizmda  qon  ivishini  regulyatsiya  qiluvchi  moddalar  mavjud  bo`lib, 

tezlashtiruvchilariga  –  prokoagulyantlar

  va  

sekinlashtiruvchilariga  – 

antikoagulyantlar 

deyiladi. 

Tabiiy 

antikoagulyantlarga 

geparin, 

prokoagulyantlarga – K vitamini va Ca

2+

 ionlari kiradi. 

 

Qon  dori  preparatlari  manbai  sifatida.  

Qondan  turli  xil  preparatlar 

tayyorlanib,  ularni  4  ta  asosiy  guruhga  bo`lish  mumkin:  kompleks  ta’sir  etuvchi 

preparatlar  (albumin,  protein,  nativ  plazma),  immunologik  faol  preparatlar 

(gamma-globulin, stafilokokka qarshi, grippga qarshi, qoqsholga qarshi va boshqa 

immunoglobulin  preparatlari,  interferon  va  boshqalar).  Gemostatik  preparatlar 

(antigemofil plazma, trombin, fibrinli plyonka, fibrinogen va h.), anemiyaga qarshi 

va  stimullovchi  preparatlar  (poliobolin  –  plazmaning  oqsilli  komponentining  

quruq kukuni, erigem-eritrotsitlarning quritilgan gemolizati).   

 

   



 

531 


Nazorat savollari 

 

1.

 

Qon tarkibini qanday moddalar tashkil etadi? 

2.

  Qon plazmasining biokimyoviy ko`rsatkichlari qanday? 

3.

 

Eritrotsitlarning organizmda bajaradigan vazifasi. 

4.

 

Neytrofillarning ahamiyati nimada? 

5.

 

Bazofillar qanday jarayonlarda ishtirok etadi? 

6.

 

Limfotsitlarning ahamiyati qanday? 

7.

 

Trombotsitlar qon ivishida nima vazifani bajaradi? 

8.

 

Qon qanday biokimyoviy vazifalarni bajaradi? 

9.

 

Qonning bufer funktsiyasi nimaga asoslangan? 

10.

 

Qonning osmotik xossasi qanday kelib chiqadi? 

11.

 

Qonning zararsizlantiruvchi funktsiyasi nimadan iborat? 

12.

 

Qonning regulyatorlik vazifasi qanday namoyon bo`ladi? 

13.

 

Qonning gemostatik funktsiyasining ahamiyati. 

14.

 

Qon qanday holatlarda dori preparatlari sifatida qo`llaniladi? 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

532 


 15.1. Jigar biokimyosi. 

 

 


Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


tarihi-shiindardi-zhne.html

tarihi-tanim-tarihi.html

tarihin-zaferinden-gnmzn-2.html

tarihinde-oynanan-tutak.html

tarihle-hesaplamadan-daha.html